PIRLS tajriba-sinov jarayoni boshlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumanidagi 28-umumtaʼlim maktabida Progress In International Reading and Literacy Study (PIRLS)-boshlangʻich sinf oʻquvchilarining qoraqalpoq tilida matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqot dasturining tajriba-sinov jarayoni boshlandi.
Mazkur jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan Ӱzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻrtasidagi 2019-yil 19-martda imzolangan kelishuv asosida tashkil etilmoqda.
photo_2020-10-19_18-46-14.jpg
Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tadqiqotlarini oʻtkazish xalqaro jadvaliga koʻra joriy yilning aprel oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan PIRLS-2021 tadqiqoti tajriba-sinov jarayoni pandemiya karantini sababli oktyabr oyiga koʻchirilgan edi. Mamlakatimiz boʻyicha bunda ishtirok etadigan 28 ta, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 4ta umumtaʼlim maktabi (IEA) Gamburg idorasi tomonidan tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Jumladan, PIRLS tajriba-sinov jarayonlari uchun 11 ta shahar va 17 ta qishloq hududidan tanlab olingan maktablarining jami 1500 nafarga yaqin oʻquvchisi oʻqish savodxonliklari boʻyicha baholanadi. Tajriba-sinov muddati kechiktirilgani bois istisno tariqasida 5-sinf oʻquvchilari ishtirok etmoqda.
–Mazkur tajriba-sinov jarayonini oʻtkazishdan maqsad oʻquvchilarning matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash, shuningdek, oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari, ota-onalari va maktab maʼmuriyati tomonidan toʻldirib berish uchun moʻljallangan soʻrovnomalarni oʻz ichiga oladi, – deydi Ӱzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bosh mutaxassisi Komil Mamadjanov.
photo_2020-10-19_18-46-09.jpg
– Mamlakatimizda ilk bor tashkil etilayotgan nufuzli tadqiqotning tajriba-sinov jarayonlari, 2021yil boʻlib oʻtadigan asosiy tadqiqot (Data collection)ga tayyorgarlik koʻrish imkonini beradi.
PIRLS tajriba-sinov jarayoni shuningdek, Qoraoʻzak tumanidagi 13-umumtaʼlim maktabida qoraqalpoq tilida, Amudaryo tumanidagi 31 va 28-umumtaʼlim maktablarida oʻzbek tilida oʻtkaziladi.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA