Maʼnaviy tadbirlar samaradorligi yana-da oshadi

Nukusda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston bӯlimi tomonidan joriy yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yakuniga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston bӯlimi rahbari Q.Yusupov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi P.Dabilov va boshqalar taʼkidlaganidek, joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida karantin talablariga amal qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, pandemiya munosabati bilan ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda bir qator videokonferensiya va anjumanlar tashkil etildi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 260-bandidagi Orolboʻyi hududida yashovchi millat va elatlarning maʼnaviy-maʼrifiy aloqalarini rivojlantirish, yoshlar orasida milliy urf-odatlar, tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylashni targʻib etish maqsadida “Maʼnaviyat insonning ulgʻayish va kuch-qudrat manbaidir” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy videokonferensiya, Nukus shahar hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Baxtli boʻlishning oʻn sharti”, “Internet va ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatish va foydalanish madaniyati” mavzusida oʻtkazilgan onlayn anjuman va oʻquv seminari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, Nukus shahri hamda barcha tumanlarda 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” arafasida #ustozingdan_xabar_ol” chellenj ostida davra suhbatlari tashkil etilib, ijtimoiy tarmoqlarda #xayrli ishlarni oʻziga xos chellenjga aylantiraylik!”, taʼzim Sizga muqaddas ustoz! mavzularida ӱquvchilarning video roliklari keng yoritib borildi. Ayni kunda Oʻzbekiston Respublikasi «Davlat tili tӯgʻrisida” gi qonun qabul kilinganligining 31 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda.

photo_2020-10-17_17-05-02.jpg

Bundan sӯng, bӯlimning bosh mutaxassisi P.Jumamuratovning Nukus shahri, Shumanay va Nukus tumanlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan axboroti tinglandi. Nukus shahri va mazkur tumanlarda ushbu yӯnalishda bir qancha ishlar olib borilganligi, shuning bilan birga, ayrim kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotganligi qayd etildi.

Jumladan, Nukus shahridagi 135 ta idora, korxona, tashkilot, tijorat banki va mahalla koʻzdan kechirilganda, shundan 29 ta korxona va tashkilotda maʼnaviyat va maʼrifat burchagi, 95 ta korxona va tashkilotda maʼnaviyat va maʼrifat xonasi tashkil etilmagani maʼlum boʻldi. Bunday kamchiliklar Shumanay va Nukus tumanlarida ham borligi koʻrsatib oʻtildi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Tadbirda joylarda “Davlat tili tӯgʻrisida” gi qonunning bajarilishi, “Maʼrifat” jamiyati tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish boʻyicha targʻibot ishlari, “Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasining faoliyati muhokama etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston bӯlimi, Nukus shahri hamda tumanlar bӯlinmalari tomonidan joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, sohani yana-da rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan birga, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

 

Dovud ABIBULLAYEV, Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA