Nukusda 35 metr balandlikkacha otiladigan musiqiy favvora quriladi

Nukus shahrini kesib oʻtuvchi “Doʻstlik” kanali boʻyida musiqa bilan harakatlanadigan favvora qurish rejalashtirilgan. 
Mazkur favvora 35 metr balandlikkacha otiladi.
Nukus shahri hokimligining maʼlum qilishicha, kanal boʻyiga karusel ham quriladi. “Doʻstlik” kanali shahar aholisining sayr qilish va dam olish maskaniga aylanadi.
Eslatib oʻtamiz, davlatimiz rahbarining yaqinda Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida “Toshkentda nima yangilik boʻlsa, Nukusga kelishi kerak” degan topshirigʻidan keyin Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Nukus shahriga kelgan edi va shu loyihalar toʻgʻrisida mahalliy hokimiyat bilan fikr almashib, boshqa loyihalar bilan ham tanishgan edi.

 

Ye.Qanoatov, OʻzA