SPORT: Xalqaro xotira turnirida oʻzbek sportchisi ham qatnashadi

Joriy yil 9-sentyabr oqshomida Rossiyaning Badiiy gimnastika markazida taniqli murabbiy Abdulmannap Nurmagomedov xotirasiga bagʻishlangan MMA kechasi tashkil etiladi. Mazkur yakka kurash jangida professional sportchilar gʻoliblik uchun oktagonga tushadi.
Ushbu kechaning markaziy jangida Dauren Yermekov Vladimir Mineyev bilan oʻrta vazn toifasida FNG chempionlik kamari uchun jang olib boradi.
Shuningdek bu jang kechasida hamyurtimiz Mirnoshox Djafarov 77 kg. vazn toifasida rossiyalik Magomed Tugayevga qarshi oktagonga tushadi. Buxorolik Amir Temur klubi aʼzosi Mironshox qoʻl jangi boʻyicha bir necha bor Oʻzbekiston chempioni va Xalqaro turnirlar gʻolibi boʻlgan. R-1 professional yoʻnalishi boʻyicha koʻp karra gʻolibi MMA boʻyicha 3:0 hisobida yetakchilik qilayotgan jangchilarimizdan biri hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur jang kechasi 9-sentyabr soat 18:00 da boshlanadi. Janglar bevosita Match TV, Xabar, DAZN, Fight Network, KazTelecom da jonli tarzda translyatsiya qilinadi.

 

OʻzA