Ana shu yetti kun davomida Quvaytda O‘zbekiston amaliy san’ati va fotoko‘rgazmalar taqdimoti, O‘zbekiston turistik salohiyati va madaniy obidalari taqdimoti, “O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor” nomli davra suhbati, xattotlik bo‘yicha master-klasslar o‘tkaziladi.
Yurtimiz vakillari turli davlatlarda ana shunday madaniyat haftaliklarini o‘tkazish borasida yetarli tajribaga ega. Ko‘pchilik yaxshi eslaydi noyabr oyida Ashxabodda madaniyat kunlari o‘tkazilgan edi. Tadbir doirasida o‘tkazilgan amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi va o‘zbek san’at ustalarining konserti ko‘pchilikka manzur bo‘lgandi.