El xizmatiga kamarbasta yoshlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasida ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi (Call-markaz)da 270 nafar koʻngilli yoshlar 1197 qisqa raqam orqali aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilmoqda.

Markazga shu kungacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 9 ming 334 ta murojaat kelib tushgan. Muhtoj oilalar roʻyxati shakllantirilib, tegishli manzil orqali ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

–Markazda koʻngilli yoshlar hamda volontyorlar insonlarga yaxshilik qilish niyatida beminnat xizmat qilmoqda, – deydi Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi bosh mutaxassisi Salomat Saydjonov. – Shunday bagʻrikeng va faol yoshlar safi tobora kengayayotganidan xursandmiz.

2.JPG

3.jpg

5.JPG

 

Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA