Tez yordam xodimlari qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi

“Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlari quyidagi miqdorda bir martalik moddiy ragʻbatlantiriladi:
vrachlarga – 5 mln soʻm;
oʻrta tibbiyot xodimlari (feldsherlar va sanitarlar)ga 4 mln soʻm;
haydovchilarga – 3 mln soʻm.
Ushbu toʻlovlar 2020-yil 1-iyungacha ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan tadbiq qilinadi.

 

OʻzA