Xabaringiz bor, qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari U20 yosh toifasida Kolumbiya mezbonligida o‘tayotgan jahon kubogida ishtirok etmoqda.
Bogota shahrida tashkil etilgan mazkur nufuzli musobaqaning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahsida hamyurtimiz Samira Shokirova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Jahon kubogining oltin medali Xuan Gabriela Maria Linga (Puerto-Riko) nasib etgan bo‘lsa, Vanessa Chavez (Meksika) kumush medali bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, jahon kubogining reglamentiga ko‘ra yakkalik bahslaridan so‘ng jamoaviy musobaqaga start beriladi. Umid qilamizki, unda terma jamoamiz a’zolari yuksak natija qayd etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA