Kecha Qozog‘istonda yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Kazinform “KazAvtoJol” milliy operatoriga tayanib xabar berishicha, 95 mashina to‘qnashuvi kuzatilgan.
– 2025 yil 3 yanvar kuni soat 07:20 da o‘ta noqulay ob-havo tufayli milliy avtomagistralning Ostona – Petropavlovsk qismida barcha turdagi avtotransport vositalari harakati cheklovi joriy etildi. Tushga yaqin kun ochilib, yo‘l tozalangach, ichki ishlar xodimlari va maxsus texnika hamrohligida Shuchinsk shahri tomon harakat yo‘lga qo‘yildi.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, haydovchilar belgilangan tezlik va oraliq xavfsiz masofa qoidasiga rioya qilmagan. Natijada magistralning 153-kilometri – Janatalap qishlog‘i yaqinida o‘nlab mashinalar bir-biriga urilgan.
Voqea joyida politsiya xodimlari va “KazAvtoJol” mutaxassislari ishlayapti.