Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmakologiya qo‘mitasi “SWIXX BIOPHARMA” MCHJ tomonidan “Plakvenil” plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg №60 dori vositasining xavfsizligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi:

“Sanofi-Aventis S.A. (Ispaniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Plakvenil“ plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg №60 dori vositasi O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. (RU № DV/X 02889/04/17 ot27.04.2022 y.).

Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) “Hydroxychloroqune yearly in pregnancy and risk of birth defects” (2021) tadqiqotidan olingan natijalarda gidroksixloroxin sulfati yuqori sutkalik dozalarda qo‘llanganda homila rivojlanishining jiddiy tug‘ma nuqsonlari potensial xavfi va boshqa yangi xavflar aniqlanganini e’tirof etib, dori vositalarining xavfsizligini rejali baholash doirasida referent davlatda lokal qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaning “Fertillik, homiladorlik va emizish davri” bo‘limlarini yangilashni (o‘zgartirish kiritishni) tavsiya etgan.

Shu munosabat bilan, Sanofi-Aventis S.A. gidroksixloroxin bilan davolash natijasida aniqlangan yangi xavflarni qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomaning “Maxsus ko‘rsatmalar va qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari” va “Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limlariga kiritdi”.

Shu o‘rinda, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi dori vositalarini faqat shifokor maslahati bilan qabul qilishni va tavsiya etilgan dozani oshirmaslikni so‘raydi.

O‘zA