Xitoy shimolidagi Xebey muzofoti Chende tumanida “Fennin” suv elektr stansiyasi o‘tgan yilning oxirgi – 31 dekabr kuni to‘liq quvvat bilan faoliyat ko‘rsata boshladi. Ushbu inshoot yer yuzidagi eng yirik nasosli elektr stansiyasi hisoblanadi

Xitoyning “China Daily” gazetasi xabarida aytilishicha, majmuaning umumiy quvvati 3,6 million kilovatt, yillik energiya ishlab chiqarish mifdori 6,6 milliard kilovatt-soatdan oshadi. Mazkur akkumulyator qariyb 2,6 million xonadonga bir yil davomida tok yetkazib bera oladi.

Ob’ekt qurilishi rasman 2013 yil boshlangan edi.