Nukus davlat pedagogika institutining yangi binosi qurilmoqda

Orolboʻyi mintaqasining barcha hududlarida boʻlgani kabi Nukus shahrida ham keng koʻlamdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Markaziy koʻchalar boʻylab zamonaviy arxitektura uslubida bunyod etilayotgan koʻp qavatli uy-joylar, muhtasham inshootlar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda.

Pirjan Seytov koʻchasida qad rostlayotgan Nukus davlat pedagogika institutining yangi binosi qurilishida “Jayhun universal qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari jonbozlik koʻrsatmoqda.

Ayni paytda institut binosining bir nechta korpusida 100 ga yaqin quruvchi karantin qoidalariga amal qilgan holda gʻisht terish, suvoq, elektro montaj, derazalarni oʻrnatish, temir-beton ishlarini bajarish bilan band.

Yangi bino kelasi 2021-yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

photo_2020-08-01_12-30-05.jpg

photo_2020-08-01_12-30-08.jpg

photo_2020-08-01_12-30-15.jpg

 

Maqsad HABIBULLAYEV(surat), OʻzA