Bolalar va oʻsmirlar koronavirusga chalinishi ehtimoli yuqorimi?

Ilmiy izlanishlar natijalariga koʻra, koronavirusning bolalar va oʻspirinlarga yuqumlilik darajasi kattalar bilan deyarli bir xil ekanligini koʻrsatmoqda.
“Dunyo miqyosidagi tajribalar bolalar va oʻsmirlar kasallikning ogʻir darajasiga chalinish ehtimoli kamligini, lekin kasallikni boshqalarga yuqtirishi kattalar bilan bir xilligini koʻrsatadi”, deydi koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov.
U shu sababli karantin va yakkalanish choralariga bolalar va oʻspirinlar ham qatʼiy amal qilishlari lozimligini va ularni kasallik davrida keksalardan keskin alohidalash zarurligini taʼkidladi.
Habibulla Oqilovga koʻra, koronavirusni yuqish vaqti va birinchi alomatlar paydo boʻlishining oʻrtasida oʻrtacha 5-6 kun oʻtishi mumkin. Lekin bu koʻrsatkich har xil bemorda 1 kundan 14 kungacha kuzatilishi ehtimoli ham bor.

 

O’zA