Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Milliy bank bilan hamkorlikda taʼlim kreditlari ajratadi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Milliy bank rahbariyati hamkorlikda yangi usulni qoʻllamoqda. Unga koʻra, davlat granti, korxonalar granti va kontrakt boʻyicha 600 ga yaqin talabalar bakalavr va magistr darajalariga qabul qilinadi. Bank-moliya akademiyasiga iqtidorli talabalar uchun koʻp bosqichli raqobatdosh tanlov boshlagan. Bu haqida Bank-moliya akademiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, bank-moliya akademiyasi ikkita yangi mutaxassislik kiritganini maʼlum qilgan. Ular – raqamli bank ishi va raqamli moliyadir.
Abituriyentlar oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyon etib, kadrlar buyurtmachilari taklif qilayotgan yutuqlarni – ishga taklif, grant, stipendiyalar yoki imtiyozli taʼlim kreditlarini sohibi boʻlishlari hamda Bank-moliya akademiyasi talabalariga aylanishlari mumkin.
Yirik banklar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan yutuqlarni qoʻlga kiritish uchun, tanlov jarayonida talabgorlar jamoada ishlashni, notiqlik mahorati, taqdimot koʻnikmalari, tahlil va sintez qilish qobiliyatlarni namoyon etishlari kerak, deyiladi akademiya xabarida.
Koronavirus pandemiyasi tufayli tanlov toʻliq masofaviy oʻtkazilib, onlayn shaklda tashkil qilinmoqda.

 

O’zA