Koronavirusning eng koʻp yuqadigan davriga aniqlik kiritildi

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan kishi kasallikning birinchi kunlarida virusni eng koʻp tarqatar ekan. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) COVID-19 ga qarshi kurash boʻyicha texnik rahbari, epidemiolog Mariya Van Kerxove maʼlum qildi.
U mazkur mavzuda brifing oʻtkazar ekan, “hozirda ixtiyorimizda boʻlgan juda cheklangan maʼlumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, inson organizmida aksariyat virus zarralari simptomlar endi rivojlanayotgan va kasallik endi boshlangan paytda koʻproq saqlanadi”, — dedi shifokor.
AQSH va Germaniyada oʻtkazilgan tadqiqotlarning dastlabki natijalariga koʻra, COVID-19ning yengil va oʻrtacha simptomlariga ega odamlar kasallikning dastlabki 8-9 kunida juda yuqimli boʻladi. Juda ogʻir ahvoldagi boʻlgan bemorlarda esa kasal yuqtirish imkoniyati yana-da uzoq muddatga choʻziladi, deya taʼkidladi Van Kerxove.

 

OʻzA