Meksika yetakchisi Klaudiya Sheynbaum Amerika Qo‘shma Shtatlari saylangan Prezidenti Donald Trampning seshanba kuni Meksika ko‘rfazi nomini Amerikaga o‘zgartirish haqidagi izohiga javoban, AQSH uchun XVII asr nomidan foydalanish taklifini kiritdi.
Ya’ni, 1607 yildagi xaritada ko‘rsatilganidek, AQSH, Meksika va Kanadaning bir qismini birlashtirgan hududni tarixiy nomi – “Amerikana Meksikana” bilan atash kerakligini bildirgan. Bu haqda “NBC News” yozdi.
Zero, o‘shanda Amsterdamda joylashgan Niderlandiyaning Sharqiy Hindiston kompaniyasiga topshirilgan Yevropa xaritasi shundan guvohlik beradi.
Ushbu nom ispan hukmronligiga qarshi mustaqillik harakati davrida ishlab chiqilgan “Apatzingan” Konstitutsiyasi, ya’ni 1814 yildagi Meksika Amerikasi erkinligi to‘g‘risidagi dekretda ham qayd etilgan. Shuningdek, Sheynbaum Trampning Meksikani narkokartellar boshqarayotgani haqidagi da’vosini ham rad etib, “Meksikada xalq hukmron”, deya javob bergan.
Avvalroq Daniya, Panama va Kanadaning Donald Tramp bayonotiga munosabati haqida xabarlar tarqalgan.