Unda ta’kidlanganidek, stansiyaning 1,7 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi orqali 1,75 million kilovatt soat elektr energiyasi tejab qolindi. Bu ko‘rsatkich 8 753 ta xonadonning bir oylik elektr energiya iste’moliga tengdir.
Ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir jihat shuki, “yashil” energiya hisobiga 185 ming metr kub tabiiy gaz tejaldi. Shuningdek, stansiyada 380 ta quyosh panelli yoritish chirog‘i 76 ming kilovatt soat, 380 ta harakat datchik 55 ming kilovatt soat va 22 ta chastota o‘zgartirgich qurilmasi esa 1,1 million kilovatt soat elektr energiyasini tejashga xizmat qildi.
Quyosh energiyasidan yanada samarali foydalanish maqsadida hajmi 2800 litr bo‘lgan 14 ta quyosh suv isitish qurilmasi orqali 47 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi. Bu jarayonda 7 ming metr kub tabiiy gaz tejalgan.
Mazkur natijalar “Taxiatosh IES”ning barqaror rivojlanish yo‘lidagi qat’iy qadamlari samarasidir. Stansiyada amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat resurslarni tejashga, balki atrof-muhitni muhofaza qilishga ham xizmat qilmoqda. “Yashil” texnologiyalardan foydalanish orqali energiya resurslarini iqtisod qilish respublika miqyosida ahamiyatli va istiqbolli hisoblanadi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA