O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va muxtor Elchisi Abdusalom Hotamov ushbu arab davlatining Toshkentdagi Elchisi Vafo Jabr Nosir Al-Busaidiy xonim bilan uchrashdi.
Muloqot davomida 2025 yilda rejalashtirilgan siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi qo‘shma tadbirlarni samarali tashkil qilish hamda o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan faoliyat yuzasidan fikr almashildi.
– Hamkasbim bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, xususan joriy yilga mo‘ljallangan qator yo‘nalishlardagi tadbirlar xususida gaplashdik, – dedi elchimiz.
Hamkorlik rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi sayyohlar o‘zaro oqimini tezlashtirish hamda talabalar almashinuvi ko‘lamini kengaytirish masalasi alohida muhokama qilindi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA