Adliya vazirligi xodimlari hamda Turkiya patent idorasi hamkorligida geografik ko‘rsatkichlarni ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, tijoratlashtirish va huquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish maqsadida onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Adliya vazirligi xodimlari uchun geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash, ekspertizadan o‘tkazish, targ‘ib qilish, xalqaro tizimlar orqali ekspertizadan o‘tkazish va huquqbuzarliklarning oldini olishga oid mavzular muhokama qilindi.
Turkiya patent idorasi bilan kelgusida hamkorlikda seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
N.Abduraimova, O‘zA