O‘tgan yilning noyabr oyida mamlakatda ish o‘rni 227 mingga ko‘paydi, ishsizlik darajasi 4,2 foizni tashkil etdi, deb yozgan “Amerika ovozi”.
O‘tgan hafta ishsizlik nafaqasi olish uchun ariza topshirgan amerikaliklar, kutilmaganda, kamaydi. Demak, yil boshida barqaror mehnat bozori shakllangan.
Ishsizlik da’vosi yil davomida o‘zgaruvchan xususiyat kasb etadi. Ya’ni, yangi yilda ishsizlik darajasi ishdan bo‘shatish holati kamligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mehnat bozori barqarorligi seshanba kuni e’lon qilingan ma’lumot bilan tasdiqlangan.
Mehnat bozori Federal zaxiraga yanvar oyida foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirish imkonini berishi kutilyapti.
Eslatib o‘tamiz, saylangan Prezident Donald Tramp soliqni pasaytirish, import bojini sezilarli darajada oshirishga va’da bergan.
AQSHda inflyatsiyani jilovlash uchun 2022-2023 yillarda stavka 5,25 foizga ko‘tarilgan.
Tarixiy standart bo‘yicha ishdan bo‘shatish darajasi pastligicha qolsa-da, qabul qilish sekinlashdi. Ayrim ishsiz qolganlar ko‘p oydan beri ish qidirmoqda.
Umuman, o‘tgan yil noyabrda qo‘shilgan 227 ming yangi ish o‘rni hisobiga ishsizlik darajasi o‘zgarishsiz qolishi taxmin qilinyapti.
Avvalroq mamlakatning kredit karta qarzi rekord darajaga chiqqani aytilgandi.