E’lon qilingan hisobotda Saudiyaning Qirol Xolid xalqaro aeroporti va “Saudia” (Saudiya Arabistoni havo yo‘llari) aviakompaniyasi dunyoning eng yaxshilari qatoridan joy oldi.
“Al-Arabiya” telekanali yozishicha, “Cirium” hisobotida Saudiya Arabistoni Podshohligi poytaxti Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti 2024 yilda eng aniq “Global aeroport” deb topildi. Ma’lum qilinishicha, 115 yo‘nalishga 60 aviakompaniya xizmat ko‘rsatuvchi ushbu qo‘nalg‘aga tegishli statistikada jo‘nab ketish 86,65, yetib kelish 81,79 foiz vaqtida amalga oshirilgan.
Panamadagi Tokumen xalqaro aeroporti eng aniq “O‘rta”, Ekvadordagi mashhur shoir, Guayakil shahri birinchi meri, sobiq Prezident Xose Xoakin de Olmedo nomi berilgan xalqaro aeroport esa eng aniq “Kichik” aeroport sifatida e’tirof etildi.
Muntazam reyslar amalga oshiruvchi aviakompaniyalar soni bo‘yicha “Aeromexico” jadval bo‘yicha 86,70 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Kuchli beshlikka kirganlar orasida Saudiya aviakompaniyasidan tashqari “Delta Air Lines”, “LATAM Airlines” va “Qatar Airways” ham bor.
Muharrama Pirmatova, O‘zA