Markaziy bank oltin va kumush esdalik tangalarining yangi narxlarini belgiladi

Oʻzbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 3-maydan amalda boʻladigan narxlarini belgiladi.
Unga koʻra:
1 ta oltin tanga narxi — 18 100 000 soʻm.
1 ta kumush tanga narxi — 370 000 soʻmni tashkil etdi.
Maʼlumot uchun: esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

 

OʻzA