SHHT Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlarining boʻlajak uchrashuvi toʻgʻrisida

2020-yil 13-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi uchrashuvida ishtirok etadi.
SHHT tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot doirasidagi boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar, COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari boʻyicha fikr almashadilar.
Shuningdek, SHHT tomonidan Afgʻonistondagi siyosiy vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga koʻmaklashish masalalari ham alohida koʻrib chiqiladi.

 

O’zA