Xalqimizga tinchlik-osoyishtalik tilab duo qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga safari chogʻida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

Muborak Ramazon kunlarida Alloh taolodan xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, yurtimizni turli balo-ofatlardan asrashini tilab duo qilindi.

Buxoro xalqaro aeroportida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, aholi, fermer va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi.


 

O’zA