O‘zbekiston kubogi mamlakatimiz futbol jamoalari uchun Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini beradigan ikki musobaqadan biridir. Shu bois uni qo‘lga kiritish yo‘lidagi kurash hamisha qizg‘in va murosasiz bo‘ladi.
Bu yilgi O‘zbekiston kubogi finalida Toshkentning ikki klubi – “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tgan uchrashuvning yettinchi daqiqasida Marat Bikmayev jarima maydonidan zarba yo‘llab, raqib darvozasini ishg‘ol qildi – 1:0. Ushbu hisob o‘yinning so‘nggi daqiqalarigacha saqlanib qoldi va “Lokomotiv” g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa “Lokomotiv” jamoasi uchinchi marotaba O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA