Xorazm viloyatida O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda o‘tgan yil davomida markaziy va mahalliy OAVda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida tahliliy-tanqidiy materiallari bilan faol ishtirok etgan jurnalistlar, blogerlar taqdirlandi.
Korrupsiya mavzusini yoritishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan tahliliy-tanqidiy maqolalari uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi katta inspektori Dilrabo Quryazova g‘oliblar qatoridan joy oldi.
“Korrupsiya jinoyati bugungi kunda barcha mamlakatlar taraqqiyoti va ularning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hammani birdek tashvishga solib kelmoqda. Aytish joizki, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi tadbirlar esa albatta, jurnalistlarning yanada faol bo‘lishiga, respublikamizda korrupsiya jinoyatining soni kamayishiga, aholi va davlat organlari xodimlarining qonunga itoatkorlik kayfiyatini oshirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati shakllanishiga xizmat qiladi, deydi D.Quryozova.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat tashkilotlari bilan jurnalistlarning ijodiy hamkorligi, qonunchilik ijrosiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Ahmadjon ShOKIROV, O‘zA