Xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning mamlakatimiz parlament sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Amerika –Oʻzbekiston savdo palatasining raisi Kerolin Lemm bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasining saylov qonunchiligidagi oʻzgarishlar haqida soʻz bordi. Taʼkidlanganidek, saylovlar davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirish instituti sifatida jamiyat hayotida tobora mustahkamlanib bormoqda.
4_Содиқ_Сафоев_ва_Георгий_Квирикашвили.JPG

Kerolin Lemm ilgari ham Oʻzbekistondagi saylov kampaniyalarini kuzatgani, bu galgi saylov kampaniyasi ochiqligi va shaffofligi ortib, saylovchilarning ham, nomzodlarning ham muloqoti kengayib borayotgani, jamoatchilikning saylovlarga nisbatan qiziqishi ortgani bilan farq qilishi borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

Amerika – Oʻzbekiston savdo palatasining raisi sifatida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston qonunchiligidagi oʻzgarishlar xorijiy investorlarning kafolatlarini kuchaytirganiga va shu tariqa xorijiy davlatlar investorlarining mamlakatga boʻlgan ishonchi ortib borishiga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

5_Раҳматулла_Назаров_ва_Зиёд_Абуолтоиф.JPG

* * *

Sodiq Safoyev Oʻzbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan YETTBning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi boʻyicha maslahatchisi Georgiy Kvirikashvili bilan uchrashdi.

Muloqot davomida G.Kvirikashvili 2017-yil 20-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan Nyu-York shahridagi uchrashuvi, shuningdek, parlamentlar darajasidagi ikki tomonlama tashriflarning faollashgani siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik rivojiga yangicha ruh bagʻishlagani xususida fikr bildirdi.

6_Раҳматулла_Назаров_ва_Зиёд_Абуолтоиф.JPG

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va ishonch, birodarlik, strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan hamkorlik aloqalari barcha yoʻnalishlar singari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ham rivojlanib borayotgani alohida qayd etildi. Joriy yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarni umumeʼtirof etilgan xalqaro saylov standartlariga binoan ochiq-oshkora oʻtkazish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilayotgani xususida soʻz yuritildi.

Uchrashuvda G.Kvirikashvili mamlakatimiz parlament sayloviga xalqaro kuzatuvchi sifatida taklif etilganidan mamnun ekanini alohida qayd etdi.

2-Содиқ Сафоев ва Кэролин Лэмм.JPG

* * *

Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi Rahmatulla Nazarov parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Kanada parlamenti aʼzosi, Jamoalar palatasidagi “Kanada –Oʻzbekiston” doʻstlik guruhi raisi Ziyod Abuoltoif bilan uchrashdi.

Taʼkidlanganidek, bu galgi saylov mutlaqo yangi sharoitlarda boʻlib oʻtmoqda. Uning ochiqligi va raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari yuqori tashkiliy darajada amalga oshirilgani eʼtiborga loyiq.

1-Содиқ Сафоев ва Кэролин Лэмм.JPG

Tomonlar saylov xalqaro andozalarga toʻla muvofiq holda oʻtishiga ishonch bildirdi. Bu esa Oʻzbekiston oʻzi tanlagan demokratik yoʻlga sodiqligini yana bir bor namoyon etadi.

Suhbat chogʻida “Kanada – Oʻzbekiston” doʻstlik guruhi doirasidagi hamkorlik yoʻnalishlari, jumladan, birgalikdagi tadbirlarni oʻtkazish yuzasidan fikr almashildi.

 

Abdulaziz MUSAYEV, Gʻayrat XONNAZAROV, Temur MAMADAMINOV (surat), OʻzA