“Nafosat – 2017” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovda 20 nafar dizayner-tikuvchi va stilist o‘zi yaratgan liboslar andozalari taqdimotini o‘tkazdi. 

Ishtirokchilar dizaynerlik faoliyati, milliy liboslar tayyorlashga zamonaviy yondashuv, sohani rivojlantirishga oid ilg‘or tajriba va takliflar, shuningdek, yetakchi ayol, talaba qiz, ijodkor ayol timsollarida liboslar eskizi namoyishi hamda erkin mavzu shartlari bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.

Nukuslik Julduz Shrashova, Qanliko‘l tumanidan Karima Matrasuleva, Taxiatosh tumanidan Dilfuza Saparboyeva g‘olib, deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

3.jpg

8.jpg
5.jpg
– Nukus davlat pedagogika institutida o‘qish bilan birga milliy va zamonaviy ko‘rinishdagi liboslar yaratishga ham qiziqaman, – deydi J.Shrashova. – Momolarimizdan meros qoraqalpoq milliy naqsh-bezaklaridan samarali foydalanaman. O‘qituvchi va talaba-yoshlar, ijodkor ayollar uchun yaratgan milliy liboslar kolleksiyam bilan tanlovda muvaffaqiyat qozondim.

Shuningdek, tanlovda “Yilning eng yaxshi modelyer-dizayneri”, “Eng yaxshi milliy yo‘nalishdagi modelyer-dizayner”, “Eng yosh modelyer-dizayner” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

 

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA