Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga joʻnab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, majlisda Hamdoʻstlik doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks masalalar muhokama qilinadi. Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashadilar.
Sammit yakunida bir qator hujjatlarni qabul qilish koʻzda tutilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH sammiti doirasida Ashxobodda qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

 

Umar ASROROV, OʻzA