Diyego Garsiya-Sayan nodavlat notijorat tashkilotlari masʼullari bilan uchrashdi

Bugun, “Taraqqiyot strategiyasi” markazida BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachisi Diyego Garsiya-Sayan delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
“Fuqarolik jamiyatlari institutlarining sud organlari bilan oʻzaro aloqasi: tajriba va istiqbollar” mavzusiga bagʻishlangan uchrashuvda Yoshlar ittifoqi FJSHMQMI, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Jurnalistlarni qayta tayyorlash” markazi, “Madad”, “Istiqbolli avlod” hamda Nogironlar jamiyati nodavlat notijorat muassasalari kabi yetakchi fuqarolik jamiyati institutlari masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari oʻz faoliyatlari borasida qisqacha maʼlumotlar berdilar hamda Diyego Garsiya-Sayanning NNTlarning xalqaro maydondagi tajribalari haqidagi bilan qiziqdilar.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari markaz tomonidan Oliy sud va boshqa barcha huquqni muhofaza qilish organlar bilan oʻzaro hamkorlikda sud-huquq tizimini takomillashtirish boʻyicha faoliyat olib borilayotgani haqida gapirdi.

 

OʻzA