Rossiya va Janubiy Koreyada professional boks boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada charm qoʻlqop ustalarimiz muvaffaqiyatga erishdi.
Yekaterinburg shahrida oʻtgan boks kechasida hamyurtimiz Ravshanbek Umrzoqov (9-0, 7KO) filippinlik Roldan Aldeaga (14-7-1, 8KO) qarshi ringga koʻtarildi. 10 raund davom etgan bahsda Ravshanbek raqibini 98:91, 97:92, 98:91 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, R.Umrzoqov “WBA Asia” kamarini munosib himoya qilib, gʻalabali seriyasini 10 taga yetkazib oldi.
Maʼlumot uchun, Ravshan Umrzoqov dunyo reytingida 97, uning bugungi raqibi esa 27-pogʻonani band etib turibdi.
Paju shahrida oʻtgan boks kechasida mashhur Husniddin Poʻlatov mezbonlar vakili In Duk Seoni magʻlub etdi va 66 kilogrammgacha vaznda navbatdagi “WBA Asia” kamarini qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, Husniddin bundan avval 69 kilogrammgacha vazn toifasida xam mazkur kamarni qoʻlga kiritgan edi.
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA