Prezident Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi

Davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlari boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, ozodligimiz, yorugʻ kelajagimiz va pok niyatlarimiz ramzi boʻlgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham monument poyiga gullar qoʻydi.

Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan, xalqimiz uchun eng ulugʻ, eng aziz ayyom boʻlgan Mustaqillik bayramiga hamma joyda katta tayyorgarlik koʻrilgan. Poytaxtimizdagi tantanali tadbir bugun “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida boʻlib oʻtadi.


 

O’zA