Yashash joyi bo‘lmagan shaxslarga reabilitatsiya markazi shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma beradi

MvaFRB mas’ul xodimi murojaat qilgan shaxs haqidagi belgilangan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, uning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi yuzasidan tegishli xulosa chiqaradi. 
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etish va pasportni rasmiylashtirishda davlat bojini qoplash uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda sudlarga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan (ro‘yxat raqami 3168, 19.06.2019 y.) o‘tkazildi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Mazkur Nizomga muvofiq, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi migratsiya va fuqarolarni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan aniqlanadi.
Bunday shaxslar reabilitatsiya markazidan olgan shaxsini tasdiqlovchi vaqtinchalik ma’lumotnoma bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi.
MvaFRB mas’ul xodimi murojaat qilgan shaxs haqidagi belgilangan ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, uning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligi yuzasidan tegishli xulosa chiqaradi.
Fuqarolik pasportini yo‘qotib qo‘ygan va doimiy propiskasiz, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni turgan joyi bo‘yicha hisobga olish istisno tariqasida, vaqtincha hududiy reabilitatsiya markazlari joylashgan manzilda amalga oshiriladi va O‘zbekistonning fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi.
Shuningdek ushbu hujjatga ko‘ra, MvaFRB uch sutka ichida tuman (shahar) ma’muriy sudiga pasport yoki yashash guvohnomasini rasmiylashtirishda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risida taqdimnoma bilan murojaaat qiladi.
Taqdimnoma ma’muriy sud tomonidan qanoatlantirilganda shaxsga pasport yoki yashash guvohnomasi rasmiylashtirib beriladi.
Mazkur buyruq rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O‘zA