O‘zbekiston Respblikasi Yoshlar agentligi 2024-yilning 1 choragi davomida mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingini e’lon qildi.

Mazkur reyting natijalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joylarda o‘z mehnatini to‘laqonli namoyish etish asnosida davlatimizning tegishli xujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli va yuqori darajada bajarganligiga qarab yaratilgan deyiladi agentlik xabarida.

Ushbu reyting natijalari har chorakda yangilab borilishi nazarda tutilgan.

Mazkur yoshlar yetakchilari bugungi kunda mamlakatimiz mahalla tizimida o‘z salohiyati, shijoati va yaratib berilgan imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib, barkamol avlod vakillarning haqiqiy yetakchisi bo‘lib mehnat qilayotgan Yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabalariga qo‘shqanot avlod deyish mumkin.

Eng muhimi, yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingidan joy olganlar ertangi kun egalari bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, munosabat va izlanishlarning vertikal tizimini yaratishga bosh-qosh bo‘lmoqda.

Yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlash amalga oshirilgan ishlarda  o‘z aksini topmoqda. Bu esa vatan taraqqiyoti va dunyo hamjamiyatida O‘zbekiston yoshlarining o‘z o‘rni,  o‘z ovozi borligidan bir dalolatdir.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA