Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tgan “IBA Chempionlar oqshomi”ning asosiy bahsida hamyurtimiz, 2023 yilgi jahon chempionati kumush medal sohibi Saidjamshid Jafarov qozog‘istonlik Talgat Shayken bilan 71 kilogramm vaznda IBA Osiyo chempionligi uchun jang o‘tkazdi.

Professional boksdagi faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan Talgat Shayken iste’dodli bokschimiz Saidjamshid Jafarov zarbalariga dosh bera olmadi.

Jafarovning g‘alabasi bilan poyoniga yetgan jangdan so‘ng  hamyurtimizga “IBA Asia” kamari tantanali topshirildi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA