FOTOREPORTAJ

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova Toshkent mezbonlik qilayotgan Jahon kubogining to‘rtinchi bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tgan Jahon kubogi bahslarida 3 ta oltin va 2 ta kumush medallariga sazovor bo‘ldi. Yana bir vakilamiz Natalya Usova bronza medaliga erishdi.

Jamoaviy bahslarda ham qizlarimiz: Mumtozabonu Is’haqzoda, Shahzoda Ibrohimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans, Amaliya Mamedova mahorat namoyon etib, kumush medallariga ega bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Xalqaro gimnastika federatsiyasi, Sport vazirligi hamda mamlakat gimnastika federatsiyasi mas’ullari ishtirok etdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA