FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, Toshkent va Samarqand shaharlarida xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya kubogi davom etmoqda.

Kecha musobaqa doirasida guruh bosqichidagi uchrashuvlarga yakun yasaldi. Unda musobaqa mezboni – O‘zbekiston U-18 terma jamoasi «A» guruhi peshqadami Tailand bilan o‘ynadi. Uchrashuv 7:5 hisobida vakillarimiz foydasiga yakunlandi. Shu tariqa, terma jamoamiz 1/2 final bosqichiga yo‘l oldi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bugun Osiyo chempionati yarim finalida Indoneziyaga qarshi bahs olib borishi lozim edi. Biroq raqib tomon reglamentni buzgani uchun, ikkinchi guruhda 3-o‘rinni olgan BAA terma jamoasi vakillarimizga raqiblik qildi.

18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilarimiz BAAlik tengdoshlarini 12:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ertaga finalda Mo‘g‘uliston-Tailand uchrashuvi g‘olibi bilan muzga tushamiz. Olg‘a, O‘zbekiston!

Muhammad AMIN (surat), O‘zA