Osiyo chempionatida bokschilarimiz g‘alabali odimlamoqda

308

Qozog‘istonning Ostona shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilari o‘rtasida o‘tkazilgan janglarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Chempionatning -71 kg. vaznida bahs olib borgan vakilimiz Murodbek Bahriddinov turkmanistonlik Muhammet Babayevni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Sayat Ilyasov -60 kg. vazn toifasida filippinlik Jericho Akaylarni taslim qildi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Ayubxon Baxtiyorov, Asilbek Jalilov, Shodiyor Meliqo‘ziyev navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 29-aprel kuni Osiyo chempionatining yoshlar o‘rtasidagi bahslarida 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Quyida ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishasiz:

-48 kg: Sayfiddin Sobirov — Tamta Brijesh (Hindiston);

-54 kg: Sobirjon Tastanov — Abbas Qasim Al-Sarray (Iroq) ;

-60 kg: Mironshoh Norqosimov — Musab Mirzoyev (Tojikiston);

-67 kg: Muhammadazizbek Ismoilov — Chang Chin-En (Xitoy Taypeyi);

-75 kg: Jafarbek Shahbozov — Sanjar-Ali Begaliyev (Qozog‘iston);

-86 kg: Akmaljon Isroilov — Sangvan Hemant (Hindiston);

-54 kg: Uzukjamol Yunusova — Alina Sizonenko (Qirg‘iziston);

-57 kg: Feruza Sharipova — Hangoma Isoyeva (Tojikiston);

-63 kg: Odinaxon Ismoilova — Aruke Kamytbekova (Qirg‘iziston).

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA