FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman sport maktabida yoshlarga badiiy gimnastika, basketbol, boks, gandbol, dzyudo, yengil atletika, stol tennisi, taekvondo (WTF), erkin kurash, futbol, badminton, voleybol, regbi kabi sportning 23 turi bo‘yicha saboq beriladi.

Maskanda 2 ming 120 nafar o‘g‘il-qiz sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Sport maktabining joylarda tashkil etilgan 3 ta filiali, 4 ta zamonaviy yopiq sport zali va maydonchalari zarur sport jihozlari bilan ta’minlangan. Shuningdek, chekka hudud yoshlarini ommaviy sport turlariga jalb qilish maqsadida tuman markazidan 320 kilometr masofada joylashgan “Qoraqalpog‘iston” shaharcha fuqarolar yig‘ini hududida 12×30 hajmdagi hamda “Jasliq” shaharcha fuqarolar yig‘inida 15×30 hajmdagi sport zallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Imkoniyatlar samarasi sport maktabi tarbiyalanuvchilari turli nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olmoqda. Xususan, joriy yilning o‘tgan to‘rt oyi davomida yosh sportchilar respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan nufuzli musobaqalarda 14 ta oltin, 12 ta kumush va 25 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat, video), O‘zA