AQSh Prezidenti Donald Tramp gubernator Gevin Nyusning Kaliforniyada o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha g‘oyasini tanqid qildi. Gevin Nyus shtatda o‘lim jazosini bekor qilib, hukm qilinganlarning jazosi yengillatilishini e’lon qilmoqchi.
“Jinoyatchilar qo‘lida qurbon bo‘lganlarning oilalari, jumladan, men ham, buni olqishlamaymiz”, deb yozadi Tramp Twitterda. New York Times xabariga ko‘ra, hozir Kaliforniyada 700 dan ortiq jinoyatchi o‘lim jazosi ijro qilinishini kutib turibdi.
O‘zA