AOKAda “O‘zarxiv” agentligi tomonidan brifing tashkil etildi.

Unda “O‘zarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev quyidagi ma’lumotlarni berdi.

Qayd etilganidek, 2024 yil 18 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi soddalashtirilgani hamda byurokratik to‘siqlar qisqartirilgani munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 847-son qarori qabul qilinib, ushbu qaror 2024 yil 24 dekabr sanasidan kuchga kirdi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosini ta’minlash hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha tartibotlarni bekor qilish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qarorda arxiv ishiga doir quyidagi yangiliklar nazarda tutilmoqda.

Jumladan, “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonundan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga  30-ilova Nodavlat arxivlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatning pasporti kiritilmoqda hamda shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxivlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomdan nodavlat arxivlarni tashkil etishga doir tartiblar chiqarib tashlanmoqda.

“Nodavlat arxivlari faoliyati Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022 yil 25 fevraldagi 88-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi va tugatiladi.

12, 13, 15 va 18-bandlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

16-bandda ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlandi va uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblanishi belgilandi.

Davlat arxivlari tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlarning yagona narxnomasiga binoan belgilanadi.

Davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshiga har oylik ustamalar, mukofotlar, ularga moddiy yordam berish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish “O‘zarxiv” agentligi tarkibiga kiruvchi davlat arxivlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibiga asosan amalga oshiriladi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Pasportda “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabarnomani yuborib, nodavlat arxiv faoliyatini boshlash yoki tugatish mumkinligi belgilandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA