Ertaga qanday ob-havo kutilmoqda?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 12 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 
Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-6, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
AndijonNamangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

O‘zA