Guaydo ilk prezidentlik farmoniga imzo qoʻydi

Oʻzini Venesuela Prezidenti deb eʼlon qilgan Xuan Guaydo tvitterda mamlakat rahbari sifatidagi ilk farmonini eʼlon qildi, deb yozmoqda INTERFAX.RU. 
Farmon mamlakatga insonparvarlik yordamini kiritish, baʼzi mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash va chegaralarni ochishga ruxsat bermoqda.
Venesuelada yanvar oyida prezidentlikka saylov oʻtkazilgan, unda Nikolas Maduro gʻalaba qozongandi. Parlament raisi Xuan Guaydo saylovlar natijasidan norozi boʻlgan va oʻzini prezident deb eʼlon qildi. Uni baʼzi gʻarb mamlakatlari qoʻllab-quvvatladi va mamlakat rahbari sifatida tan oldi. Maduro esa oʻz huquqlaridan voz kechmoqchi emas. U Guaydodan muzokara oʻtkazishni talab qilmoqda.
Soʻnggi yillarda Venesuelada iqtisodiy ahvol keskin yomonlashgandi. Kun kechirish darajasi ogʻirlashgani, kundalik mahsulotlar defitsiti yuzaga kelgani koʻplab venesuelaliklarning qoʻshni mamlakatlarga migrant sifatida chiqib ketishiga sabab boʻldi. Karakas va boshqa shaharlarda uzoq vaqtdan buyon oʻnlab qurbonlarga sabab boʻlgan tartibsizliklar davom etmoqda.

 

G.Azimova, OʻzA