Vazifalarni rasmiy topshiriq kutmasdan bajarishga chaqirdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev vazirlar mahkamasini Putinning Federal yigʻinga murojaatida belgilangan vazifalarni rasmiy topshiriq kutmasdan bajarish uchun ishga kirishishga chaqirdi.
TASS bosh vazirning “Murojaatda tilga olingan shunday jihatlar borki, ularni zudlik bilan amalga oshirish lozim”, degan soʻzlarini iqtibos qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 20 fevralda 15-marta Federal yigʻinga yillik murojaat bilan chiqdi.

 

OʻzA