Bu hafta iliq va salqin oqimlar kurashadi

Ertaga mamlakatimiz hududining katta qismiga Turkmanistondan iliq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Faqatgina shimoliy hududlar Volgaboʻyidan kirib kelishi kutilayotgan nam va salqin havo oqimlari taʼsirida boʻladi. Hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, lekin yurtimizning shimoliy viloyatlarida qor yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq boʻladi.
20-21 fevral kunlari esa Volgaboʻyidan kirib kelgan nam va salqin havo yurtimizning barcha hududlariga taʼsir qiladi. Xususan, 20 fevral kunlari mamlakatimizning katta qismida yogʻingarchilik boʻladi. Yomgʻir, qor yogʻadi. 21-fevralda Fargʻona vodiysining ayrim joylarida qor yogʻishi kutilmoqda. 22-23 fevral kunlari salqin havo oqimlari asta-sekin chekinishni boshlaydi.
Harorat 20 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 21 fevral kuni kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi. 22 fevral kuni kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. 23 fevralda esa kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Mazkur ob-havoga mos issiq kiyinib yursangiz, sogʻligingizga foyda.

 

OʻzA