Prezident qarori bilan bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 fevralda “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjat ftiziatriya va pulmonologiya yordami koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, mamlakatda barqaror sanitariya-epidemiologiya holatini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni kuchaytirish hamda mazkur tizim muassasalarining resurs salohiyatini mustahkamlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Mazkur hujjat bilan:
• 2019-2021 yillarda sil va oʻpkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish kompleks chora-tadbirlari;
• 2020-2021 yillarda ftiziatriya muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish tadbirlari dasturi;
• 2020-2021 yillarda ftiziatriya muassasalarini zamonaviy tashxislash, davolash va reanimatsiya uskunalari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi;
• 2020-2021 yillarda silga qarshi sanatoriyalarni zamonaviy reabilitatsiya, tashxislash va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
OʻzA