Oʻzbekistonda temir yoʻl chiptalari narxi 20 foizga oshmoqda

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Aksiyadorlik Jamiyati 2019 yilning 1 martidan boshlab barcha mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi yoʻlovchi poyezdlar chiptalarining narxi va
mahalliy qatnovlarda yuk tashish tariflari 20% ga oshishini maʼlum qildi.
Jamiyat axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, bu oʻzgarish “Afrosiyob” tezyurar poyezdlariga taalluqli emas. Xabarda narxlar nima sababdan oshgani haqida izoh berilmagan.

 

O’zA