Joriy yilning 1-may sanasidan boshlab bir qator o‘zgarishlar kuchga kirmoqda. Unga ko‘ra, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam beriladi.

Qonunchilikka muvofiq, reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etiladi. Yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlar faqat qonunda belgilanadi.

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritiladi.

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. Fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etiladi.

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA