Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning may oyi uchun e’lon qilgan yangilangan reytingda o‘zbekistonlik 8 nafar bokschining nomi qayd etildi.

Tokio olimpiadasi g‘olibi, ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov eng og‘ir vazn toifasida 12-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev (76,2) o‘tgan oydagi ko‘rsatkichidan bir pog‘ona yuqorilab 13-o‘rinni band etdi.

Shuningdek, WBC reytingida mahoratli bokschilarimzdan Shahram G‘iyosov (66,6) 11-o‘rin, Hasanboy Do‘smatov (47,6) 6-o‘rin, Murodjon Ahmadaliyev (55,3) 4-o‘rin, Olimjon Nazarov (50,82) 32-o‘rinda nomlari keltirib o‘tilgan.

Bundan tashqari, katta ringda o‘z iste’dodini ko‘rsatib kelayotgan Jahongir Rasulov va Mirazizbek Mirzaxalilov ham ko‘rinish berishgan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA