Turkiyada hukumatni boshqarayotgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) o‘tgan saylovda mag‘lubiyatgan uchragach, o‘z tarixidagi eng yirik kadrlar almashinuvini amalga oshiradi, deb xabar tarqatdi “Ekonomim” gazetasi manbalarga tayanib.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hukumat mahalliy boshqaruvga bo‘lib o‘tgan saylovda erishilgan natijadan o‘ziga saboq chiqaradi, deb bayonot bergandi. Ushbu saylovda muxolifatdagi Turkiya Xalq-demokratik partiyasi so‘nggi 20-yilda ilk bor Adolat va taraqqiyot partiyasidan ko‘p ovoz oldi. Muxolifatda bo‘lgan Anqara, Istanbul va Izmir shaharlari merlari o‘z lavozimlarini saqlab qoldi. Ekspertlarning aytishicha, hukmron partiyaning mag‘lubiyatiga sabab mamlakatda yuzaga kelgan og‘ir iqtisodiy ahvol turtki bo‘lgan.
“23-yil davomida hukumat tepasida turgan “AK Parti” to‘rtta mahalliy saylovlarda, uchta prezident saylovida va uchta referendumda g‘alabaga erishgan. Endi esa u o‘z tarixidagi eng yirik kadrlar o‘zgarishini amalga oshiradi, chunki 31-martda partiya jiddiy mag‘lubiyatga uchradi” -deb yozgan mazkur nashr.
“AK Parti a’zolarining ta’kidlashicha, saylovchilar o‘z ovozlari bilan nafaqat kadrlar bo‘yicha, balki partiya siyosati va hukumatdagi kadrlarni tayinlashda ham o‘zgarishlar vaqti kelganiga ishora berdi. Viloyatlar va okruglarda kadrlar o‘zgarishi amalga oshirilgandan keyin, Vazirlar Mahkamasiga navbat kelishi haqida gap-so‘zlar tarqalgan. Partiya boshqaruvidagi haqiqiy o‘zgarishlar kuzda belgilangan navbatdagi qurultoydan keyin amalga oshirilishi haqida ham aytilmoqda”, – deya qo‘shimcha qilgan nashr.